O‘zLiDeP YaTT Abdusattor Tojixonovga savdo do‘koni qurish uchun 50 kv.m yer ajratib berdi

05.12.2018, 17:16

O‘zLiDeP YaTT Abdusattor Tojixonovga savdo do‘koni qurish uchun 50 kv.m yer ajratib berdi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi va Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh a’zolari Marg‘ilon shahridagi “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan “Orol bo‘yi” hamda “Do‘stlik” MFYda bo‘lib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

Uchrashuvlar davomida hudud aholisi tomonidan turli masalalarga oid 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Xususan, “Axmad Yassaviy” MFY hududida faoliyat yuritayotgan YaTT Abdusattor Tojixonov savdo do‘koni qurish uchun 50 kv.m yer ajratishda ko‘mak so‘radi. Uning murojaati ishchi guruh a’zolari tomonidan joyida o‘rganilib, muammosi ijobiy hal etildi.

O‘zLiDeP faoli, “Far qurilish Montaj” MChJ rahbari Dilmurodjon Karimjonov esa aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha muammolar borligidan shikoyat qildi. Mazkur murojaat ham partiya faollari tomonidan atroflicha o‘rganildi va tegishli tashkilotlar hamkorligida 3km suv tarmog‘ini tortish ishlari boshlab yuborildi.

Aholi bilan muloqotlar chog‘ida odamlarning norozichiligiga sabab bo‘layotgan yo‘l chetidagi sug‘orish tizimi uchun qurilgan lotok ishlari oxiriga yetkazilmay kechiktirilayotgani natijada aholi xonadonlari oldida suv ko‘lmaklari xosil bo‘layotgani aniqlandi. Ishchi guruh a’zolarining tashabbusi bilan 3 kun muddatda qolgan 54 metr lotok qismlari tortilib, suv tizimi tartibga solindi.

–Mahallamizda yillar davomida to‘planib qolgan muammolar ko‘p  edi. Mana bugun O‘zLiDeP faollari tomonidan yo‘l qurilishidagi mavjud muammolar o‘rganib chiqildi, – deydi Do‘stlik MFY faoli Muhsinjon aka.– Suv va elektr tarmoqlarini tortish, mavjud muammolarni hal etishda yaqindan ko‘mak bergan partiya faollaridan minnatdormiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zLiDeP faollarining joylardagi o‘rganishlari davom etmoqda.

 Sh. TOLIPOVA,

O‘zLiDeP Farhona viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    892
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдубанноб Маҳкамов 2018-12-05 19:43:12

Обод маҳалла дастури бўйича мазкур маҳаллаларда ўрганишлар давомида ''Ҳар бир оила тадбиркор'' дастури тарғиботи натижасида ҳар 10 та оиладан биттаси оилавий тадбиркорликни бошламоқдалар...


Fikringizni qoldiring

+