O‘zLiDeP ilg‘or fermerlarni taqdirladi

12.12.2018, 15:13

O‘zLiDeP ilg‘or fermerlarni taqdirladi

O‘zLiDeP Karmana tuman Kengashi “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi – 15 yil xalq xizmatida” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.  

Tadbirda so‘z olgan  O‘zLiDeP viloyat Kengashining rahbari Kamoliddin Yo‘ldoshev yig‘ilganlarni partiyaning 15 yillik bayrami  bilan samimiy muborakbod etib, o‘tgan davr mobaynida partiya tomonidan hayotga tatbiq etilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni oldidan “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan partiyamiz a’zosi “Vohid-Muso” fermer xo‘jaligi raisi Yulduz Yarqulova va “Namunali tomorqachi” davlat mukofoti sohibasi Rayhon Saidovaning mehnat faoliyai, tadbirkorlik va fermerlik sohasida erishgan yutuqlari o‘rganildi.

Qayd etilganidek, 2002 yilda fermerlik sohasiga qadam qo‘ygan Yulduzxon opa hozirda tuxum, go‘sht, issiqxona, asalarichilik bilan shug‘ullanib, 10 gektar yerda paxta va g‘alla yetishtirib kelmoqda. Ilg‘or tadbirkor Rayhon Saidova esa issiqxona, broler tovuqchilik, limonariya, qoramol va yilqichilik ortidan ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan.  

Tadbirda ilg‘or fermer va tadbirkorlar O‘zLiDeP viloyat Kengashi hamda “Karmana mashhurasi” o‘quv markazi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1279
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Носирова Шоира Кармана туман Кенгаши депутати2018-12-23 22:33:22

O‘zLiDeP нинг янада ривожланишига тилакдошман ва бундай байрамлари жуда кўп бўлишига ишонаман.


Навоий вилоят Кенгаши Қўчқоров Беҳзод Исомиддинович2018-12-17 18:57:24

Хурматли фойдаланувчи Навоий вилояти шу вақтга қадар режада белгиланган ҳар бир тадбирга жиддий ёндошиб намунали қилиб ўтказиб келган ва ўтказишда давом этади. Расм хусусида келадиган бўлсак тегишли мутассадилар хулоса қилади деган умиддамиз.


Гузал2018-12-13 15:47:43

Навоида фақат бир хил расм кимди табиклаган билолмайсан.


Fikringizni qoldiring

+