“Infinbank”da O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tuzildi
18.12.2018, 17:43
O‘zLiDeP Toshkent shahar va Mirobod tuman Kengashi hamkorligida “ATB Infinbank”da Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanadagi ma’ruzasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tegishli soha vakillari, O‘zLiDeP shahar va tuman Kengashi xodimlari, partiya deputatlik guruhi a’zolari ishtirok etgan tadbirda O‘zLiDePning jamiyatda tutgan o‘rni va roli, dasturiy maqsad-vazifalari haqida ma’lumotlar berildi.
– Ma’ruzada ta’kidlanganidek, mamlakatimiz mustaqillik yillarida bosib o‘tgan g‘oyat murakkab va sharafli yo‘l Bosh qomusimizning hayoт́baxsh kuchi, ulkan salohiyatidan dalolat beradi, – deydi ATB “Infinbank” amaliyot boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Shomurodov. – Zotan, Asosiy qonunimiz negizida yaratilgan Harakatlar strategiyasi bugungi kunda jonajon Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda, innovatsion rivojlanish sari odimlashda beqiyos o‘rin tutmoqda.
Tadbir so‘nggida 30 nafar ishchi-xodim partiya safiga qabul qilinib, ATB “Infinbank”da O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini tuzildi.
O‘zLiDeP Toshkent shahar
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring