O‘zLiDeP “Xorazm tex”dagi BPT a’zolariga Prezidentimiz ma’ruzasi mohiyatini tushuntirdi

19.12.2018, 11:29

O‘zLiDeP “Xorazm tex”dagi BPT a’zolariga Prezidentimiz ma’ruzasi mohiyatini tushuntirdi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Bog‘ot tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Xorazm tex” MChJ qoshidagi BPTda Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi.         

Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya viloyat Kengashi xodimlari, BPT raislari, tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar ishtirok etdi.

– Ma’ruzada mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish, tadbirkorlik, ishlab chiqarishni rivojlantirayotgan har bir shaxsga kengroq sharoit yaratish bo‘yicha muhim vazifalar bayon qilingan, – deydi “Xorazm tex” qoshidagi quyi bo‘g‘in yetakchisi Zulfiya Piraddinova. – Ushbu ma’ruzada bildirilgan har bir fikr biz, tadbirkorlar, qolaversa, endi tadbirkorlik faoliyatini boshlagan yoshlarga ham katta yordam beradi. Shu bois, tadbir davomida ma’ruzaning mazmun-mohiyatini har bir xodimimizga tushuntirishga harakat qildik.

Ta’kidlash kerak, yiliga 2400 tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega mazkur korxonada 200 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Korxona joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida Rossiyaga 2 mln. 476 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilgan.

Sultonboy OChILOV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

siyosiy ta’lim markazi rahbari

  • Ko'rildi
    1599
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Бахтиёр Исмоилов Ғиждувон тумани ижрочи котиби2018-12-19 12:16:10

Ҳукуматимиз ва Президентимизнинг халқ фаровонлиги йўлида олиб бораётган ишлари тахсинга сазовордир. Конституциямиз байрамида билдирилган фикрлар яна бир бор буни исботлади. Буни ҳар бир фуқаро, партия аъзолари юракдан ҳис қилиши ва шунга муносиб жавоб қайтариши лозим .


Fikringizni qoldiring

+