Namanganlik fermerlarga Prezidentimiz ma’ruzasi mazmun-mohiyati tushuntirildi

20.12.2018, 16:16

Namanganlik fermerlarga Prezidentimiz  ma’ruzasi mazmun-mohiyati tushuntirildi

Avval xabar qilinganidek, shu kunlarda O‘zLiDeP hududiy Kengashlari tomonidan Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turli tadbirlar va davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri partiya Namangan viloyat Kengashi tomonidan Namangan shahri, Chortoq va Mingbuloq tumanlarida tashkil etildi.         

Mazkur tadbirlarda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar  Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari, tadbirkor va fermerlar ishtirok etishdi.

– Ma’ruzada investorlar uchun keng sharoit yaratish, inflyatsiya darajasini pasaytirish, tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha oldimizda turgan muhim vazifalar bayon qilingan, – deydi “Baxtiyor Abdusalomovich” fermer xo‘jaligi rahbari Baxtiyor Qodirov. – Ochig‘i, bundan juda xursand bo‘ldik. Sababi, Mingbuloq tumanimizda keyingi yildan boshlab turkiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda klaster asosida paxta yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa xorijiy invetorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, Mingbuloq tumani viloyat paxta rejasini 3/1 qismini beradi. Shu bois, tuman joriy yil viloyatda davlatga paxta sotish rejasini birinchi bo‘lib bajardi.

Rustamjon HAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1180
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+