“Prezidentimiz ma’ruzasidagi har fikr oldimizga ulkan vazifalarni qo‘yadi”, deyishmoqda andijonlik maslakdoshlarimiz

21.12.2018, 11:32

“Prezidentimiz ma’ruzasidagi har fikr oldimizga ulkan vazifalarni qo‘yadi”, deyishmoqda andijonlik maslakdoshlarimiz

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi huzuridagi Siyosiy ta’lim markazi Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyda o‘quv-seminar tashkil etdi.  

Tadbirda Prezidentimizning Bosh qomusimizning 26 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasida aytilgan har bir fikr oldimizga dolzarb vazifalarni qo‘yishi alohida ta’kidlandi.

– Bugungi seminar biz yoshlar uchun ijtimoiy-siyosiy maydondagi yangiliklardan boxabar bo‘lish, davlat va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib yashashda muhim omil bo‘ldi, – deydi litsey o‘quvchisi Nurmuhammad Tojiboyev. – Ayniqsa, partiya viloyat Kengashining deputatlar bilan ishlash guruhi rahbari Ravshanbek Abdurahimovning seminar mavzusi doirasida tayyorlagan slaydlari barchamizda katta taassurot qoldirdi.

Seminarda partiya vakillari ishtirokchilarning barcha savollariga batafsil javob qaytarishdi.

Shuhratbek BOZOROV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi huzuridagi

siyosiy ta’lim markazi rahbari

  • Ko'rildi
    1087
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдуллаев Дилшодбек - O’zLiDeP Андижон туман Кенгаши аппарат рахбари2018-12-21 15:23:42

Бундай ўқув семинарлари партия олдига қўйган вазифаларини бажарилишида имкон берса,тингловчиларга эса бугунги кунда бўлаётган сиёсий жараёнлар тўғрисида тўлиқ малумотлар олинишига эришилади.Шу сабабли бундай ўқув семинарлари кўпроқ ўтказилишини истайман. Зеро,партиянинг асосий вазифаси хам халқ билан ёнма ён бўлиб унинг истак ва хохишларини амалга оширилиши тарафдоридир.


Fikringizni qoldiring

+