Navoiylik tarafdorlarimiz soni 50 nafarga ko‘paydi

25.12.2018, 18:25

Navoiylik tarafdorlarimiz soni  50 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi “Toshrabot tekstil” MChJda Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi.

Unda xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya mas’ul xodimlari, tadbirkor va ishbilarmonlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerak, bugun Qiziltepa tumanida joylashgan mazkur korxonada yiliga 6 million dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilyapti. E’tiborlisi, 500 nafar ishchi-xodim mehnat qilayotgan korxona mahsulotlari asosan eksport qilinayotir. 

–Ma’ruzada belgilangan vazifalar O‘zLiDePning barcha bo‘g‘inlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi, – deydi O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi apparat rahbari M. Eshniyozov. – Boisi, ma’ruzada barcha sohalar qatori tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan. Shunday ekan, bu borada galdagi vazifalarni belgilab olib, faoliyatimizga yangicha yondashmog‘imiz darkor.

Tadbir so‘ngida O‘zLiDePga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 50 nafar ishchi-xodim partiya safiga qabul qilindi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1684
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Q. Eshqorayeva Navoiy viloyati, Uchquduq tumani2018-12-25 18:57:42

Partiyamiz safi toboro kengayib bormoqda bu esa o'z navbatidaO'zLiDeP ning mamlakat siyosiy maydonidagi o'rnini mustahkamlashga xizmat qilafi.


Fikringizni qoldiring

+