O‘zLiDeP namanganlik tadbirkorlarga Prezident murojaatnomasi mohiyatini tushintirdi
05.01.2019, 15:16

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Prezidentimizning mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi.
Tadbirda Murojaatnomadan kelib chiqib amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritildi.
–Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berilishi 2018 yilda mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni davomchisi sifatida jamiyatni modernizatsiya qilish, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar oqimini kuchaytirishda keng imkoniyatlar eshigini ochadi, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Rustamjon Xakimov. – Buni 2019 yilda faol investitsiya siyosati izchil davom ettirilib, qariyb 138 trln so‘mlik 2018 yilga nisbatan 16 foiz ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilishi hamda 142 zamonaviy korxonalar ishga tushirilishi ko‘zda tutilganligida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Tadbirda so‘z olganlar murojaatnomada 2018 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar sarhisob qilinib, O‘zbekiston Respublikasini 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilganini alohida ta’kidlashdi.
Tadbir so‘ngida murojaatnomadan kelib chiqib, O’zLiDeP oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yulduz YULDASHEVA,
O‘zLiDeP Namangan viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
22.09.2023, 15:22
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
21.09.2023, 17:22
-
Tajribali tadbirkor olotlik yoshlar bilan uchrashdi
14.09.2023, 11:37
-
Tadbirkor muvaffaqiyatga erishishning muhim omillari haqida gapirdi
11.09.2023, 16:37
Fikringizni qoldiring