O‘zLiDeP deputati ko‘magida 85 xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlandi
08.01.2019, 17:28

Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Avazbek Payg‘amov xalq ishonchini qozongan deputatlardan. Boisi, xalq noibi aholining siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish, partiya dasturiy maqsadlarini aholi orasida targ‘ib qilishda alohida jonbozlik ko‘rsatyapti.
Masalan, yaqinda A.Payg‘amov o‘z mablag‘i hisobidan O‘zbekiston tumani, “Katta Qaynar” MFYda joylashgan Birlashgan ko‘chasida yashovchi 85 xonadon uchun 1 kilometrdan ortiq uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortib berdi.
– Ko‘p yillardan buyon ichimlik suvi muammosidan aziyat chekamiz, – deydi shu hududda yashovchi Z.Oltmishev. – Shu bois, mazkur masala yuzasidan o‘zimiz ishonch bildirib saylagan deputatga murojaat qildik. Qarabsizki, oradan hech qancha vaqt o‘tmay xalq vakili o‘z shaxsiy mablag‘i hisobidan 1000 metrdan ko‘proq uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortib berdi. Buning uchun deputatdan minnatdormiz.
Ta’kidlash kerak, A.Payg‘amov shuningdek, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandlikni ta’minlashdek xayrli ishlarga ham bosh-qosh bo‘lib kelayotir.
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat
Kengashi matbuot xizmati
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar mutasaddi rahbarlarning hisobotini eshitdi
01.02.2023, 18:55
-
Jomboylik deputat saylovchilarga hisobot berdi
31.01.2023, 16:50
-
Deputat ko‘magi bilan 5 nafar nogironligi bor fuqarolarga qo‘lda boshqariladigan elektron nogironlik aravachasi olib berildi
31.01.2023, 16:01
-
Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
27.01.2023, 18:14
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
Bildirilgan fikrlar
Нафиса Султонхонова2019-02-05 16:24:00
манашундай депутатларнинг сафи ошиб бораверсин. халқни ишончини қозонган дуосини олган депутатнинг омади келаверади. Омад ёр бўлсин.
Bahodirjon 2019-01-13 01:31:35
SHunday iymoni but, pok vijdonli halq noiblari ko‘paysin ilohim!