O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
15.01.2019, 15:34
O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashining 2018 yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda partiyaning viloyat, shahar, tuman Kengashlari faoliyatidagi yutuq va kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi, zaruriy tavsiyalar takliflar asosida batafsil tushuntirildi.
–Yig‘ilishda o‘tgan yilning sarhisobi tanqidiy- tahliliy muhokama qilinib, joriy yilda oldimizga qo‘yilgan vazifalarga jiddiy yondashish lozimligi aytib o‘tildi, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi apparat rahbari Nozimjon No‘‘monov. – 2018 yilda bir qator sustkashlikka yo‘l qo‘ygan tuman Kengashlari ogohlantirilib, belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha yangi tizim rejasi o‘rtaga tashlandi. 2019 yilda qilingan xatolarni takrorlamay, yanada qattiqroq ishlashga kelishib olindi.
Yig‘ilish yakunida 2019 yil uchun izchil islohotlarga asoslangan rejalar yuzasidan har bir tuman, shahar Kengashlariga topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi.
Odinaxon TURG‘UNOVA,
O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Dehqonobodlik deputatlar bilan muloqot qilindi
25.04.2024, 11:50
-
Byudjet mablag‘lari hisobidan ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim
25.04.2024, 11:46
-
Kasbida aholi daromadlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi
25.04.2024, 09:15
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
Fikringizni qoldiring