O‘zLiDeP bekobodlik partiyadoshlarimizga Prezident Murojaatnomasi mohiyatini tushuntirdi

15.01.2019, 15:43

O‘zLiDeP bekobodlik partiyadoshlarimizga Prezident Murojaatnomasi mohiyatini tushuntirdi

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi Bekobod shahridagi 9-umumta’lim maktabida Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

Unda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari, BPT raislari, tadbirkor va ishbilarmonlar qatnashdi.

–Prezidentimiz Oliy Majlis palatalariga taqdim etgan Murojaatnomasida mamlakatimiz hayotining eng muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi, – deydi O‘zLiDeP Bekobod shahar Kengashi apparat rahbari N.Yax’yayeva. –Murojaatnomadan kelib chiqqan holda partiyamiz ham “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi. Ayni chog‘da esa belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga jiddiy kirishgan.

Tadbirda Murojaatnoma mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga yetkazish maqsadida joylarda turkum uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazishga kelishib olindi.

Xasan AShUROV,

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

huzuridagi STM rahbari

  • Ko'rildi
    1179
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+