Saylov qonunchiligi rivojidagi yangi bosqich

23.03.2019, 12:04

Saylov qonunchiligi rivojidagi yangi bosqich

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti bilan hamkorlikda “Saylov kodeksini ishlab chiqilishi va qabul qilinishi, saylov tizimimizning takomillashtirilishi – milliy saylov qonunchiligimiz rivojidagi yangi bosqich” mavzusida o‘quv seminar tashkil etdi.

Seminarda asosiy e’tibor saylov kodeksining yaratilishi saylov tizimini yanada takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishi, saylovlarni o‘tkazishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, saylov komissiyalari faoliyatida jamoatchilik ishtirokini keng ta’minlash hamda joylardagi partiya targ‘ibot guruhi faollarini ijtimoiy - siyosiy faolligini kuchaytirishga qaratildi.

Tadbir tashkilotchilarining aytishicha, ayni kunlarda Prezidentimizning “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” rejasi asosida izchil ish olib borilmoqda.

“Binobarin, XXI asr — zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asridir. Mamlakatimiz saylov amaliyotiga zamonaviy axborot texnologiyalari tobora keng kirib borayotgani, yildan-yilga saylovchilarning saylov jarayoniga nisbatan talabchanligi tobora oshayotgani, shuningdek, saylovga nisbatan jamoatchilikning ishonchini yanada yuksaltirish dolzarbligi nuqtai nazaridan qaraganda ham, Prezidentimizning bu boradagi tashabbuslari xalqaro ekspertlarning e’tirofiga sazovor bo‘layotgani ayni muddaodir. Zero, Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Saylov kodeksi loyihasi oshkoralik, shaffoflik, haqqoniylik, xolislik kabi demokratik prinsiplarni o‘zida aks ettirib, dolzarb mazmun-mohiyat va ulkan huquqiy, ijtimoiy hamda siyosiy ahamiyat kasb etadi”, – deydi O‘zLiDeP  Samarqand viloyat Kengashi siyosiy ta’lim markazi rahbari Jamila Sayfutdinova.

Tadbirda mazkur Kodeksning qabul qilinishi, avvalo, mamlakatimiz saylov tizimida qonun hujjatlari normalari takrorlanishining oldini olinishi bilan birga, fuqarolarimizning siyosiy madaniyatining yuksalishi imkonini berishi ta’kidlandi. Bu jarayonda siyosiy o‘quvlarning nafaqat partiya faollari, shuningdek aholining barcha qatlamlari o‘rtasida o‘tkazish lozimligi qayd etildi.

Nasiba MO‘MINOVA,

O‘zLiDeP  Samarqand

viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1224
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошонов Яздон Каттақўрғон туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат раҳбари2019-03-25 09:10:59

“Сайлов кодексини ишлаб чиқилиши ва қабул қилиниши, сайлов тизимимизнинг такомиллаштирилиши – миллий сайлов қонунчилигимиз ривожидаги янги босқич” мавзусида ташкил этилган ўқув семинари қатнашчиларида шу кодекс бўйича кенг тушунчалар ҳосил бўлишига эришилди.Бундай ўқув семинарларини туманларда ҳам ташкил этиш мақсадга мувофиқ бўлар эди.


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2019-03-23 18:43:35

Сайловларнинг демократия талабларига қанчалик тўлиқ жавоб бериши тарзида ўтказилиши шу мамлакатда яшаётган ҳар бир фуқаронинг ўз хоҳиш-иродасини эркин намоён қилишини, мамлакат, давлат бошқарувидаги кенг кўламдаги иштирокини таъминлаб, бошқарув органлари, ижроия ҳокимият устидан халқнинг самарали назоратини ўрнатилишини таъминлайди.


Fikringizni qoldiring

+