Jomboylik tomorqachi issiqxonadan yiliga uch marotaba hosil olyapti

23.03.2019, 12:09

Jomboylik tomorqachi issiqxonadan yiliga uch marotaba hosil olyapti

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi xodimlari shaxsiy tomorqadan foydalanishda katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan tomorqa egalarining xonadonida bo‘lib, tomorqachilar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Partiya faollarining dastlabki manzili hududdagi “Uzunovul” qishlog‘ida yashovchi Shavkat Berdirasulov xonadoni bo‘ldi.

Tashrif chog‘ida tadbirkor tomorqada to‘qsonbosti usulida sarimsoq piyoz yetishtirilayotgani, mo‘jazgina issiqxonada limon ko‘chatlari va pomidor parvarish qilinayotgani hamda mevali daraxtlar va kartoshka ekilganining guvohi bo‘ldik. Shuningdek, yerlar bahorgi ekinlar ekishga tayyorlab qo‘yilgan.

 “Tomorqamizdan yiliga 3 marotaba hosil olamiz. Ro‘zg‘or uchun barcha zarur mahsulotlarni shu yerda yetishtiramiz. Masalan, hozir mo‘jazgina issiqxonamizda limon ko‘chatlari va pomidor parvarish qilyapmiz. Issiqxonani o‘tgan yili tashkil qilgan edik. Samarasini birinchi yildanoq ko‘rdik. Endi joriy yilda ham 3 sotix maydonda issiqxona ko‘rmoqchimiz”, – deydi Shavkat Berdirasulov.

Shuningdek, partiya faollari shu qishloqda istiqomat qiluvchi Sherali Begaliyev xonadonida ham bo‘lib, u yerda tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan ham qiziqdi.

 Qodir ShOYIMOV,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

Teglar
BPT Tomorqa
  • Ko'rildi
    1097
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+