BPT raislari nega ishonchni oqlay olmayapti?

08.04.2019, 18:21

BPT raislari nega ishonchni oqlay olmayapti?

Mirishkor tumanida ham quyi tuzilmalarning hisobot-saylov yig‘ilishlari partiya a’zolari faolligida o‘tmoqda. Ayniqsa, tuman markaziy shifoxonasi qoshidagi BPT hisobot-saylov yig‘ilishi partiya elektorati vakillari ishtirokida o‘tganligi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilda BPT raisi B.Sherboboyev tashabbusi bilan quyi bo‘g‘in a’zolari soni 44 dan 97 nafarga ko‘paygan. Shuningdek, “O‘zLiDeP o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida 6 xonadonga 120 ta mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazishga ko‘maklashilgan. 

–Siyosiy jihatdan yetuk, yangicha fikrlaydigan, el-yurt kelajagiga befarq bo‘lmagan insonlargina rahbarlikka loyiqlar, – deydi O’zLiDeP Mirishkor tuman Kengashi ijrochi kotibi Sh.Egamberdiyev. – Yangicha fikrlamay turib qayta BPT raisligiga saylanish mumkin emas. Mana, hozirga qadar bo‘lib o‘tgan 18 hisobot-saylov yig‘ilishlarida 4 nafar BPT raisi ishonchni oqlay olmadi.

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘inning o‘tgan yilgi faoliyati qoniqarli deb topilib, Sherboboyev Baxtiyorga ishonch bildirildi va yetakchilikka munosib ko‘rildi.

Alibek RAXMATOV,

 O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    743
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+