20 dan ortiq mahsulot ishlab chiqarayotgan BPT raisiga ishonch bildirildi
10.04.2019, 18:17

Hozirgi kunda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi qoshidagi 44860 nafar a’zolar 802 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti atrofida birlashgan. Ayni chog‘da mazkur quyi bo‘g‘inlarda hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Oltiariq tumani Poloson qishlog‘ida joylashgan «Imona atlas» MChJ qoshidagi BPTning hisobot-saylov yig‘ilishi ham yuqori saviyada o‘tdi.
Yig‘ilishda BPT raisi Sabriniso Vahobova yurtimizda tadbirkorlar va ishbilarmonlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, o‘tgan yil mobaynida quyi bo‘g‘in tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida hisobot berdi.
–O‘tgan yili bankdan 400 mln. so‘m miqdorida kredit olib, korxonani qayta ta’mirladik. Qolaversa, Xitoy davlatidan 50 ta zamonaviy tikuv mashinalari olib kelib o‘rnatdik. Hozirda 20 dan ortiq mahsulotlarimiz ichki bozorda sifati va xaridorgirligi bilan ajralib turibdi, – deydi quyi bo‘g‘in yetakchisi S.Vahobova.
Yig‘ilishda shuningdek, BPT faoliyatini kuchaytirish, deputatlar bilan quyi bo‘g‘in hamkorligida olib boriladigan ishlarda aniq natijalarga erishish, partiya a’zolari safini kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish so‘ngida quyi bo‘g‘in faoliyatiga yuqori baho berilib, ishonchni oqlagan Sabriniso Vahobova qayta BPT raisligiga saylandi.
Abror HAMDAMOV,
O‘zLiDeP Farg‘ona
viloyat Kengashi
BPT bilan ishlash
guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Urgut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil etildi
31.01.2023, 16:48
-
Iqtidorli yoshlar partiya safiga qo‘shildi
27.01.2023, 18:12
-
BPT rahbarlari aholi murojaatlarini hal qilyapti
23.01.2023, 17:55
-
"Uzbekistan GTL" MChJda maslakdoshlar safi kengaymoqda
29.11.2022, 14:56
-
“Buxorobaliq” MChJda qoshida tashkil qilingan BPT a’zolari soni yana ortdi
28.11.2022, 15:13
Fikringizni qoldiring