O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi saylov okrugidagi maktabga kitoblar sovg‘a qildi

11.04.2019, 16:06

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi saylov okrugidagi maktabga kitoblar sovg‘a qildi

Prezidentimiz shu yilning 19 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish masalasiga alohida to‘xtalib, bosh vazirdan boshlab har bir rahbarni o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishni da’vat etgan edi.

Bu ezgu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — o‘sib kelayotgan yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini, mehrini va intilishini oshirish, kitobxonlikni ommalashtirish va bolalar hamda o‘smirlar adabiyoti­ning eng yaxshi namunalarini targ‘ib qilishdan iboratdir.

Shundan kelib chiqib, yoshlar o‘rtasida ushbu xayrli tashabbusni keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zLiDeP hududiy Kengashlari tomonidan “Durdona” loyihasi doirasida “O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli aksiya o‘tkazib kelinmoqda.

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Nodir Hamdamov hududdagi 13-umumta’lim maktabida bo‘lib, faol yoshlar bilan uchrashdi.

Suhbat va muloqotlar davomida “Shoxrud” AJ raisi, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Nodir Hamdamov mazkur maktab kutubxonasiga 30 ga yaqin kitoblar sovg‘a qildi. 

Kitobga bo‘lgan muhabbat, uni qadrlash va sevib o‘qish bolalikdan boshlanadi. Kitob o‘qigan kishining aqli charxlanadi va ma’naviyati yuksalib boradi. Aynan ­mutolaa insonga bilim va axborot beradi, uning ­ma’naviy olamini boyitadi”, – deydi maktab direktori Ziyoda Hojiyeva.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli aksiya nafaqat shaharda, balki viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Zarifa SAFAROVA,

O‘zLiDeP Buxoro

shahar Kengashi

mas’ul xodimi

  • Ko'rildi
    1492
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+