“O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” aksiyasida deputatlar va BPT raislari faollik ko‘rsatmoqda

17.04.2019, 18:18

“O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” aksiyasida deputatlar va BPT raislari faollik ko‘rsatmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Durdona” loyihasi doirasida respublikamizning eng olis hududlarida tahsil olayotgan maktablarda “O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli aksiya o‘tkazib kelinyapti.

Ushbu aksiya Farg‘ona viloyatida ham deputatlar, boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari, tadbirkorlar, fermerlar va partiya faollari tomonidan barcha tuman va shaharlarda  ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi B.Maxmudov Bag‘dod tumanidagi 2-umumta’lim maktabida “Kitob – ma’naviyat qo‘zgusi” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil qildi. Ushrashuvda xalq vakili o‘zining deputatlik faoliyati to‘g‘risida maktab o‘quvchilariga gapirib berdi va shaxsiy kutubxonasidan kitoblar taqdim etdi. 

Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari o‘zlari sevib mutolaa qilayotgan kitoblari, yod olgan she’rlaridan parchalar o‘qib, tengdoshlariga kitob bilan oshno bo‘lishning zavqi to‘g‘risida so‘zlab berishdi.

“Kitob o‘qishga bo‘lgan muhabbat, uni qadrlash va sevib mutolaa qilish bolalikdan boshlanadi. Kitob o‘qigan kishining aqli charxlanadi va ma’naviyati yuksalib boradi. Aynan ­mutolaa insonga bilim va axborot beradi, uning ­ma’naviy olamini boyitadi”, – deydi maktab direktori N.Usmonova.

- Prezidentimizning yoshlarimizni kitobga qaytarish borasidagi sa’y-harakatlarini barcha yurtdoshlarimiz qatori bizning partiyamiz ham qo‘llab-quvvatlagan holda eng olis hududlardagi maktablarda aksiya o‘tkazib kelyapti, - deydi viloyat Kengashi deputat B.Maxmudov. - Aksiya doirasida o‘zim ta’lim olgan umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, ko‘plab badiiy adabiyotlar, maktab darsliklarini tuhfa qildim. Bugun viloyatimizdagi barcha deputatlar aksiyada faollik bilan ishtirok etmoqdalar. Maktab o‘quvchilariga o‘zlarining faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib, shaxsiy kutubxonalaridan kitoblar taqdim qilmoqda.

 “O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli aksiya viloyat bo‘ylab davom etadi.

Abror OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi mas’ul xodimi

 

  • Ko'rildi
    994
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ҳожиматов Қудратжон Маҳаммаджонович Риштон туман Кенгаши2019-04-17 18:42:39

КИТОБ АКЦИЯСИДА ПАРТИЯМИЗ ФАОЛЛАРИНИНГ ҲАМДА ДЕПУТАТЛАРИМИЗНИНГ ТАШАББУСКОРЛИГИ САБАБ ЭНГ ЧЕККА ТУМАНЛАРДАГИ ЭНГ ОЛИИС МАКТАБЛАРНИНГ КУТУБХОНАЛАРИГА КИТОБЛАР ЕТКАЗИЛМОҚДА. ПРЕЗИДЕНТИМИЗНИНГ ҲАР БИР ЧАҚИРУВИГА ЛАББАЙ ДЕБ ЖАВОБ БЕРИШ БИЗ УЧУН ҲАМ ҚАРЗ ҲАМ ФАРЗДИР.


UzLiDeP РИШТОН ТУМАНИ ҚЙРАҒОЧ ҚИШЛОҒИ БПТ РАИСИ ТОЛИПОВ ЭЛЁРЖОН2019-04-17 18:40:05

УШБУ АКЦИЯ ДОИРАСИДА БУГУН БАРЧА ТУМАНЛАРДАГИ МАКТАБЛАРГА ЯНГИ АДАБИЁТЛАР КИРИБ КЕЛЯПТИ. АЛБАТТА БУ ЎҚУВЧИ ЁШЛАРИМИЗНИ ФИКРИНИ БОЙИТИБ ДУНЁҚАРАШИНИ КЕНГАЙТИРИШГА, КОМИЛ ИНСОНЛАР БЎЛИШИГА ХИЗМАТ ҚИЛАДИ. ПАРТИЯМИЗ ФАОЛЛАРИ ВА ДЕПУТАТЛАРИМИЗНИНГ БУ БОРАДАГИ ФАОЛЛИГИ ЭСА ТАХСИНГА САЗОВОР


Fikringizni qoldiring

+