Sirdaryoda “Ijtimoiy issiqxona”loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

22.04.2019, 17:01

Sirdaryoda “Ijtimoiy  issiqxona”loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Ulug‘bek Sotiboldiyev tashabbusi  bilan Xovos tumanidagi “Bo‘ston”, “Husnobod”, “Qahramon”, “Paxtakor” MFYda “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi doirasida “Ijtimoiy issiqxona” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha taqdimot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda loyihaning mazmun-mohiyati, ahamiyati turli slaydlar, jonli muoqotlar orqali tushuntirib berildi.

–Loyihani ishlab chiqish jarayonida Xitoyning boy tajribasini o‘rganib, amalda qo‘llash bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirildi. Marketing-tadqiqot ishlari olib borilib, shu tadqiqotlar natijasida viloyatning chekka hududlarida yashovchi aholining farovonligini ta’minlovchi ushbu loyiha ishlab chiqildi, – deydi “GREENHOUSE EQUIPMENT” kompaniyasi direktori Anvar Jumanov. – Bu borada Xitoy Xalq Respublikasining issiqxonalarda mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha Shandun provinsiyasining Shouguan uyezdining eng ilg‘or tajribasi juda qo‘l keldi.

Ta’kidlanganidek, issiqxonalarning qulay jihati unda isitish tizimi mavjud emas. Uning  har tomonlama samaradorligi esa Sharqdan  G‘arbga  - kun botish tomonga 14 gradus burilgan holda qurilishi, shimol tomondan nam o‘tmas ko‘rpa qatlami bilan qoplanganligidir.

Anvar Jumanovning ma’lum qilishicha, loyiha doirasida viloyatda qurilishi mo‘ljallangan issiqxonalarda tanlangan mazkur hududlarda qulupnay yetishtirish va uni eksportga yo‘naltirish katta daromad olib kelishi aniqlangan. Qulupnayning narxi erta bahorda 100 ming so‘m bo‘lishini hisobga oladigan bo‘lsak, uni yil o‘n ikki oy yetishtirib eksportga yo‘naltirish orqali katta daromad olish mumkin.

Ta’kidlash kerak, loyiha doirasidagi tadbirlar shuningdek, Mirzaobod tumanining “Yo‘ldoshobod”,  “Bahoriston” MFYlarda ham bo‘lib o‘tdi.

 Dilorom ESONOVA,

O‘zLiDeP Sirdaryo

viloyat Kengashi

mas’ul xodimi

Teglar
Tomorqa
  • Ko'rildi
    1076
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+