O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” quvalik yoshlar o‘rtasida “Kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazdi

24.04.2019, 15:23

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” quvalik yoshlar o‘rtasida “Kitobxon o‘quvchi”  ko‘rik-tanlovini o‘tkazdi

Quva tumanida O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi “Ayollar qanoti”ning “Durdona” ma’rifiy loyihasi doirasida "Kitobxon o‘quvchi"  ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tadbirda tumandagi  67- maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.

- Partiya tomonidan tashkil etilgan bugungi tanlovda faol ishtirok etib 1-o‘rin sohibi bo‘ldim, - deydi Valiyeva Moxiraxon. – Ota-onam yoshligimizda bizga kitobga bo‘lgan mehrimizni oshirib kelgan. Ko‘plab ertaklar, badiiy adabiyotlar o‘qib turaman. Bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan o‘lmas asarlari bizni vatanga bo‘lgan muhabbat, yurtga sadoqatli bo‘lish, ma’navitli, komil inson bo‘lib tarbiya topishimizda katta yordam beradi.

Ko‘rik tanlovda 4-sinf o‘kuvchisi Karimova Mashrabxon  2-o‘rin, 5-sinf  o‘kuvchisi Ismonaliyeva Gulchexra 3-o‘rin 6-sinf  o‘quvchisi Valiyeva Moxiraxon 1- o‘rinni qo‘lga kiritdilar. G‘oliblarga  tuman Kengashining esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar  bilan taqdirlandilar.

O‘zLiDeP Farg‘ona

viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1529
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+