Uchqo‘rg‘onda partiya tashkilotidagi 14 ta BPT raislari vazifasidan ozod etildi
24.04.2019, 15:56
Ayni kunlarda partiyaning barcha hududiy Kengashlari tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda. Xususan, O‘zLiDeP Uchqo‘rg‘on tuman Kengashi tarkibida faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘inlarning hisobot-saylov yig‘ilishlari tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqilmoqda.
- Tuman partiya tashkilotida 73 ta quyi bo‘g‘in faoliyat olib boryapti. Hozirga qadar 23 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari ko‘tarinki ruhda va uyushqoqlik bilan o‘tkazilib, quyi bo‘g‘inlar zimmasidagi yangi vazifalar belgilab berildi, - deydi tuman Kengashi apparat rahbari Ulug‘bek Umrzaqov. - Yig‘ilishlar davomida quyi bo‘g‘inlar tomonidan o‘tgan bir yil ichida amalga oshirilgan ishlar chuqur tahlil etilib, boshlang‘ich partiya tashkilotlari ish samaradorligini oshirish, ularning to‘laqonli va davr talablari darajasida faoliyat olib borishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish zarurligi alohida e’tirof etildi.
O‘tkazilgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida 10 ga yaqin boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari faoliyati qoniqarli deb topilib, ularga qayta ishonch bildirilildi.
Partiyaning belgilab bergan vazifalarni sidqidildan bajarmagan, bironta bir tashabbus ko‘rsata olmagan “Matlubod savdo” MChJ, “Uchqo‘rg‘on Paxta tozalash” AJ, “Sherstar” o‘quv markazi va tuman pochta-aloqa bo‘limi kabi 14 ga yaqin boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari o‘z vazifasidan ozod etilib, ushbu quyi bo‘g‘inlarga shijoatli, talabchan yangi rahbarlar saylandi.
Hisobot-saylov yig‘ilishlarida yangi saylangan barcha boshlang‘ich partiya tashkilot raislariga kelgusida partiya g‘oyalarini xalq orasida targ‘ibot qilish, tadbirkorlar va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy bilimlarini mustahkamlash, yoshlar va ayollarni ish bilan band qilish, deputatlar bilan hamkorlikda ishlash kabi masalalar yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar belgilab berildi.
Erkin AHMEDHODJAYEV,
O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi
BPT bilan ishlash guruh rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring