O‘zLiDeP ko‘magida oqjarlik 60 nafar ayollar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi
26.04.2019, 16:31
O‘zLiDeP Dang‘ara tuman Kengashi “Sog‘lom oila - mustahkam oila” loyihasi doirasida Dang‘ara tumanidagi “Oqjar” mahalla fuqarolar yig‘inida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etdi.
Mahalla xotin-qizlari tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan tashkil qilingan ayollar ultratovush, EKG tekshiruvi, okulist, stomatolog, terapevt, pulmonolog, lor bo‘yicha ko‘rigidan o‘tishdi.
- “Jamiyatimizda oilalarning mustahkamligi birinchi navbatta ayollarimizning sog‘lomligidadir. Hozirgi kunda yurtimizda oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, ulardagi sog‘lom hamda barqaror muhitni shakllantirish bilan birga, onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida xomilador ayollar o‘rtasida rivojlanishida nuqsoni bor bo‘lgan go‘daklarni tug‘ilishini oldini olish, kasallikni erta aniqlashda muhim omil bo‘lyapti”, - deydi Dang‘ara tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Umarjon Toshpo‘latov.
Shuningdek, tibbiy ko‘rik jarayonida mutaxassislar tomonidan ayollarga kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish kabi mavzularda ma’lumotlar berildi.
- “Ajrimlarni oldini olishda, sog‘lom avlodni dunyoga keltirishga ko‘maklashish, asosan ayollarni tibbiy madaniyatini oshirish, ulardagi sog‘lom turmush tarzini yaratishlariga alohida e’tibor qaratish lozim, deb hisoblayman. Bunday tibbiy ko‘riklar viloyatimizning barcha tuman va shaharlarda doimiy ravishda tashkil etib kelinmoqda”, – deydi O'zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi mas’ul xodimi Umidaxon Islomqulova.
Tadbir doirasida 60 nafar ayollar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bunday amaliy ishlar viloyatimizning barcha xududlarida davom etmoqda.
Abror OTABOYEV,
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati
Kengashi mas’ul xodimi
O'xshash yangiliklar
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
-
Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi
01.03.2024, 22:01
Fikringizni qoldiring