O‘zLiDeP rahbari partiyaning Surxondaryo viloyat Kengashi faoliyati bilan tanishdi

29.04.2019, 11:26

O‘zLiDeP rahbari partiyaning Surxondaryo viloyat Kengashi faoliyati bilan tanishdi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov “Obod qishloq” dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha partiya hududiy Kengashi va mahalliy Kengash deputatlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga bordi.

 Dastlab O‘zLiDeP rahbari partiya viloyat Kengashining yangi binosini ko‘zdan kechirdi. Keng va baland qilib qurilgan, zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan ushbu  binoda xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu yerda tashkil etilgan mo‘‘jaz kutubxona esa nafaqat partiya xodimlari, balki hudud aholisi va yoshlar xizmatiga ham shay.

Shundan so‘ng, O‘zLiDeP yetakchisi partiya xodimlari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari bilan uchrashib, ular bilan samimiy muloqot qildi.

Yig‘ilishda partiya viloyat Kengashi va mahalliy kengash deputatlaridan iborat 56 ta ishchi guruh a’zolari tomonidan “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan davr mobaynida ishchi guruh a’zolari aholi bilan muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish maqsadida 3319 xonadonda bo‘lib, shundan 1602 ta xonadonga tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashgan.

Shuningdek, partiya viloyat Kengashi tomonidan investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, joriy yilda viloyatda jami 869 ta investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularni o‘z vaqtida hayotga tatbiq etish uchun 151 nafar deputat biriktirilgan.

Ta’kidlanishicha, xalq vakillari ushbu loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishda doimiy nazorat olib borgan. Xususan, deputatlar tomonidan “Jamshidbek KTXK”ga muzlatgich omborxonasi qurish uchun “Xalq bank” tomonidan 4 mlrd so‘m, “Toshpo‘latov Jo‘raniyoz” fermer xo‘jaligiga “Yaguar” beda o‘rish kombayni olish uchun “Xalq bank” Sherobod tuman filiali tomonidan 1 mlrd. 200 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning shu davriga qadar partiya tomonidan joylarda o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida fuqarolardan kelib tushgan 147 murojaatdan 126 tasi ijobiy hal etilgan. Qolgan 21 ta murojaat esa  belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zLiDeP rahbari Dastur doirasida qilingan ishlar bilan tanishar ekan, bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish orqali bandligini ta’minlash, BPT faoliyatini jonlantirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi. Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rish zarurligini ta’kidladi. 

Shuningdek, elektoratimiz bo‘lgan tadbirkor va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka kengroq jalb etish, tadbirkorlikka oid bilim va saviyasini yanada oshirish bo‘yicha aniq takliflarni berdi.

 O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    928
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Носирова Шоира Кармана туман Кенгаши депутати2019-04-29 16:32:07

Электоратимиз бўлган тадбиркор ва фермерларни қўллаб-қувватлаш, келажагимиз эгалари бўлган ёшлар бандлигини таъминлаш бу партиямиз аъзоларининг асосий вазифаларидан бири хисобланади


Fikringizni qoldiring

+