Kattaqo‘rg‘ondagi 43 BPT raisi o‘z lavozimida qoldi

29.04.2019, 17:44

Kattaqo‘rg‘ondagi 43 BPT raisi  o‘z lavozimida qoldi

Hozirgi kunda O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi qoshida 5 ming 766 nafar a’zolarni birlashtirgan 92 BPT faoliyat yuritmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan shaharda BPTlar soni 5 taga ko‘paygani, a’zolar soni 2 ming 166 nafarga oshganidan dalolat beradi.

Aytish joiz, hozirga qadar tumanda bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida 43 BPT yetakchisining faoliyatiga yuksak baho berilib, ularga yana qayta ishonch bildirildi. Yig‘ilishlarda o‘tgan yildagi faoliyat sarhisob qilinib, joriy yilda qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.  

Ta’kidlanishicha, joylarda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishlarda partiya hayotidagi eng dolzarb bo‘lib turgan – boshlang‘ich partiya tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, siyosiy adabiyotlar, tarqatma materiallar bilan ta’minlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.  Chunonchi, so‘nggi yilda BPT a’zolari sonining keskin oshishi, joylarda boshlang‘ich partiya tashkilotlari uchun yetarlicha sharoit yaratishni taqozo qilmoqda.

“Partiya Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tarkibidagi barcha quyi bo‘g‘inlarda hisobot-saylov yig‘ilishlari tanqidiy va tahliliy ruhda sarhisob qilinyapti. Buni tayanch nuqtalarning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda anchagina faollashgani, partiya saflariga g‘ayratli, faol va tashabbuskor yoshlarning qabul qilingani bilan izohlash mumkin”, – deydi O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi apparat rahbari N.Ortiqov.

Ha, boshlang‘ich partiya tashkilotining hayot bilan hamnafasligi, faolligi ular soni bilan emas, balki amalga oshirgan ishlari bilan belgilanadi. Zero, hisobot-saylov davrida aynan tarafdorlarimizning faolligi bilan joylardagi qator muammolar o‘z yechimini topdi.  

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1041
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+