Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat

29.04.2019, 17:49

Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat

OʻzLiDeP Toshkent shahar va Olmazor tuman Kengashlari hamkorligida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab  “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazdi.

Unda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida xizmat ko‘rsatgan mehnat faxriylari, kam ta’minlangan oilalar, nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirok etdi.

 Tadbirda o‘tganlar ruhini shod etish, keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ezgu an’anaga aylangani, bu o‘z navbatida, yangi avlod tafakkurida ham tarixga hurmat bilan qarash tuyg‘usini shakllantirayotgani ta’kidlandi.

Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab tashkil etilayotgan bu yilgi bayram tadbirlarida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila a’zolariga moddiy, ma’naviy yordam ko‘rsatilayotgani aytib o‘tildi.

Tadbir davomida ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari urush yillarida o‘z xotiralarini yoshlarga so‘zlab berdi.   

– Shu kunlarga yetkazganingga shukr, – deydi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mahkam Muhammedov. – Ikkinchi jahon urushida ko‘p qiyinchiliklarni ko‘rdik, minglab yurtdoshlarimiz ko‘z oldimizda halok bo‘ldi. Mana, hozir tinch-osoyishta diyorda bolalarim, nevaralarim ardog‘ida keksalik gashtini suryapman. 

Tadbir so‘ngida ikkinchi jahon urushi qatnashchisi M.Muhammedov hamda 2-guruh nogironi L.Mirzayevalarga “Gʻuncha Med” tibbiyot markazida 10 kunlik bepul davolanish uchun yo‘llanma berildi.

Murodjon O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1707
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+