O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan qizlar uchun mahorat darsi tashkil etdi

01.05.2019, 16:55

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan qizlar uchun mahorat darsi tashkil etdi

O‘zLiDeP Sho‘rchi tuman Kengashi “Ayollar qanoti” “Bunyodkor ayol” loyihasi doirasida “Men ham tadbirkor bo‘laman” mavzusida mahorat darsi tashkil etdi.

Tadbirda “Salohiddin-Sardorbek shirinliklari” korxonasi rahbari Dilnavoz Qurbonova o‘z tajribasi, hayotiy kuzatuvlaridan kelib chiqib biznesni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va sohada erishgan yutuqlari haqida yoshlarga so‘zlab berdi. 

Tadbirkorning ma’lum qilishicha, mazkur korxona pazandachilik va qandolatchilikka ixtisoslashgan. Korxona yonida faoliyat yuritayotgan “Go‘zallik saloni” ham mijozlar xizmatiga shay.

–Tadbirkor bo‘laman degan kishi, aniq maqsadga ega bo‘lishi kerak. Yurtimizda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar uchun barcha sharoitlar bor. Faqat kishida xoxish-iroda bo‘lsa kifoya,  – deydi D.Qurbonova.  

Tadbirda tadbirkorlik faoliyatini boshlashda ayrim to‘siqlarga duch kelayotgan xotin-qizlarga tegishli tavsiyalar, ko‘rsatmalar berildi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    845
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+