Xotira aziz – qadr muqaddas

06.05.2019, 14:57

Xotira aziz – qadr muqaddas

O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi hududdagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, 2000 yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo‘lib o‘tgan janglarda ko‘plab mard  o‘g‘lonlarimiz halok bo‘lgan. Ular orasida ushbu maktabda tahsil olgan serjant Dilshod Asanov ham bor edi.

Tadbirda mardlik va jasorat na’munasi bo‘lgan D.Asanovning oila a’zolari ham taklif etilib, ularga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi. 

  –Fashizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan minglab vatandoshlarimizning so‘nmas xotiralarini yod etib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirish – biz uchun ham qarz, ham farzdir, –deydi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Tavakkaljon Ismoilov. – Chunki ular qonli jang maydonlarida mardlik ko‘rsatib, front ortida mehnat qilib tinchlik uchun kurashdi.

Tadbirda harbiy ta’limga ixtisoslashtirilgan “Turon patriot” nodavlat ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tomonidan taqdim etilgan  klassik qo‘shiqlar barchada katta taasurot qoldirdi.

Abror OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi mas’ul xodimi

  • Ko'rildi
    1866
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+