Xonqalik deputatimiz yoshlarga o‘zbek va jahon adabiyotining eng nodir asarlarini sovg‘a qildi

10.05.2019, 16:30

Xonqalik deputatimiz yoshlarga o‘zbek va jahon adabiyotining eng nodir asarlarini sovg‘a qildi

O‘zLiDeP Xonqa tuman Kengashi raisi, xalq vakili Oybek Abdullayev Xonqa shaharchasidagi 37-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktab kutubxonasiga o‘zbek va jahon adabiyotining eng nodir asarlarini sovg‘a qildi.

Uchrashuv davomida O.Abdullayev yoshlarni ko‘proq kitob mutolaa qilishga chaqirib, maktab fondiga topshirilgan kitoblar kelajak avlodning bilimli va ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishlariga xizmat qilishini ta’kidladi.  

“Deputatimizdan nafaqat maktab jamoasi, balki mahalla faollari ham minnatdor. Sababi, u kishi mahallamizda to‘planib qolgan qator muammolarni bartaraf etishda ham o‘z yordamlarini ayamaydi. Tadbirlarimizda, tanlovlarimizda faol qatnashib, o‘quvchilarga homiylik yordamlarini ko‘rsatadi. Shu bois, ularning faoliyatini, mehnatini yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatyapmiz” – deydi maktab direktori Otabek Jumaniyazov.

Nilufar DJABBAROVA,

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    891
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Elbrus2019-12-04 23:51:55

Salom. Arzon uy joylar haqida ma.lumot bersangiz.


Fikringizni qoldiring

+