“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Urganch tuman bosqichi g‘olibi aniqlandi

14.05.2019, 15:36

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining  Urganch tuman bosqichi g‘olibi aniqlandi

O‘zLiDeP Urganch tuman Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda dastlab ishtirokchilar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarining ko‘rgazmasini namoyish etdi.  

Ko‘rgazma davomida korxonalarda yangi ish o‘rinlari yaratish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish, ayniqsa, eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarayotgan tadbirkorlar va fermerlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

– 2009 yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelaman, – deydi tanlovning 1-o‘rin sohibi, “Maqsuda Madamin” oilaviy korxonasi rahbari Maqsuda Madaminova. –2018 yilda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida tijorat bankidan 300 mln. so‘m kredit olib, 2 ming gektar yerga qo‘ziqorin yetishtirishni yo‘lga qo‘ydik. Ayni paytda mahsulotlarimizni nafaqat ichki bozorda, balki Qozog‘iston va Tojikiston davlatlariga ham eksport qilyapmiz. Bugungi tanlovda menga bildirilgan yuksak ishonch g‘ayratimga-g‘ayrat qo‘shib, kelgusida yangi-yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga kuch bag‘ishladi.

Tanlov davomida M.Madrimovadan tashqari yakka tadbirkorlar J.Ro‘zibayeva G.Taxirovalar ham partiyaning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Musharraf RAXIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

ayollar bilan ishlash

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    942
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+