Amudaryolik Radxa opa kollej yoshlariga quyon boqishning sir-asrorlarini o‘rgatdi

15.05.2019, 16:27

Amudaryolik Radxa opa kollej yoshlariga quyon boqishning sir-asrorlarini o‘rgatdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” amudaryolik kasb-hunar kollej bitiruvchi yoshlari uchun “Amirxon-Radxa” fermer xo‘jaligiga sayohat tashkil qildi.

Ushbu fermer xo‘jaligi rahbari Radxa Imamaddinova ham tinib-tinchimaydigan ishbilarmon ayollardan biri. O‘zi yosh bo‘lishiga qaramay oila ishlaridan ortib 2015 yilning oktabr oyida “Amirxon-Radxa” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligini tashkil qildi.

– Fermer xo‘jaligimizda asosan paxta, g‘alla yetishtirish bilan birga baliqchilik, bog‘dorchilik, quyonchilik va pillachilik bilan ham shug‘ullanib kelayapmiz, - dedi Radxa Imamaddinova. – Bugungi seminarimizda hududimiz yoshlari fermer xo‘jaligimizda tashkil etilgan quyonchilik fermasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Quyonlarimiz Velikan parodali bo‘lib, Yangi Zelandiyadan olib keltirilgan. Hozirgi kunda xo‘jaligimizda 16 nafar pudratchi va 6 nafar ishchi-xodim mehnat qilib kelmoqda.

 Har doim yer bilan tillashgan, yerga mehrini bergan Radxa opa yoshlarga yutuqlari haqida gapirar ekan, ishbilarmon yoki fermer bo‘lishligi uchun tinmay mehnat qilishi, shu bilan bir qatorda quyon boqishning sir-asrorlari, quyon go‘shtining foydali jihatlari xususida ham batafsil tushuncha berib o‘tdi.

Qolaversa, Radxa opa faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida ushbu hudud aholisi uchun maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi va tikuvchilik sexi tashkil qilishni rejalashtirgan.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1031
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+