O‘zLiDeP kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini “Yoshlar mehnat guzari” faoliyati bilan tanishtirdi

17.05.2019, 17:50

O‘zLiDeP kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini “Yoshlar mehnat guzari” faoliyati bilan tanishtirdi

 O‘tgan yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 185 ta biznes loyihaga 27 mlrd. 79 mln. 700 ming so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Buning natijasida 619 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Joriy yilda ham Dastur asosida 551 nafar yoshlarni 151 mlrd. 920 mln. 600 ming so‘mlik biznes loyihalarining manzilli ro‘yxati shakllantirilib, ushbu loyihalarni hayotga tatbiq etilishi natijasida 3 ming 625 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Shuningdek, hozirgi kunga kelib 1 mlrd. 800  mln. 200 ming so‘mlik 7 ta loyiha moliyalashtirilgan bo‘lib, loyiha amalga oshirilgach 45 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Qolaversa, 12 ta tuman va shaharda 22 ta “Yoshlar mehnat guzari” kompleksini tashkil etish bo‘yicha bino va yer maydonlari ajratilgan.

Shunday imkoniyatlardan oqilona foydalangan mo‘ynoqlik Farxod Qiriqbayev Dastur doirasida AT “Xalq bank” Mo‘ynoq tumani filiali tomonidan 907 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, tuman markazida “Yoshlar mehnat guzari”ni ishga tushirdi.

– Biznes loyihamning amalga oshganidan behad xursandman. Chunki hozirga qadar Mo‘ynoq yoshlari uchun bunday imkoniyatlar yo‘q edi,  – deydi yosh tadbirkor Farxad. – Ayni chog‘da mehnat guzarida non sexi, oshxona, savdo markazi aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Endi xotin-qizlar uchun go‘zallik saloni, sartaroshxona, tikish-bichish kurslarini ochib, yana 15 ta yangi ish o‘rni yaratmoqchimiz.

Ta’kidlash kerak, shu kuni O‘zLiDeP Mo‘ynoq tuman Kengashi vakillari va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari mehnat guzarida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 Anvar ShRAZOV,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1196
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Maxsatboev Jamshid2019-05-21 15:51:53

Mo'ynoq tumanida misli ko'rilmagan islohotlar yuz bermoqda. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan Orol muammosi yana dunyo nazariga tushdi. Birinchi navbatda shunday ekologik qiyinchiliklarga bardosh berib kelayotgan mo'ynoqliklarga tasanno. Bu erlar zo'r bo'lmoqda, hali ham zo'r bo'ladi....


Fikringizni qoldiring

+