Video: O‘zLiDeP faol a’zosi xayrli ishga qo‘l urdi

20.05.2019, 16:53

Video: O‘zLiDeP faol a’zosi xayrli ishga qo‘l urdi

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan olib borilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari natijasida viloyat Perinatal markazida partiyaning boshlang‘ich tashkiloti tuzilib, markazning 20 nafarga yaqin xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Kuni kecha ushbu markazda faoliyat boshlagan ushbu quyi tuzilma a’zolariga partiyaning guvoxnomalari topshirish marosimi tashkil qilindi.

Shu kuni markazda O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Sog‘lom bola – sog‘lom va ahil oilaning mevasidir” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, xotin-qizlarning reproduktiv salomatlik, homiladorlik, bola parvarishiga oid tibbiy savodxonligini oshirish borasida so‘z yuritildi. Shuningdek, xalqaro talablarga javob bera oladigan Surxondaryo Perinatal markazi, uning imkoniyatlari haqida ham to‘xtab o‘tildi.

Bugungi kunda 160 o‘rin va 100 qatnovga mo‘ljallangan markaz binosi o‘tgan yili tubdan rekonstruksiya qilinib, uning infrastrukturasi zamonaviy andozalar asosida qayta ta’mirlandi. Ushbu xayrli ish uchun 16 milliard 400 million so‘mdan ortiq qurilish-rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Yangi shifoxonada ona va bola salomatligini muhofaza qilish, zarur hollarda ularga zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha qulaylik yaratilgan. Ayollar maslahatxonasi, ginekologiya, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi parvarish, chala tug‘ilgan chaqaloqlarni intensiv davolash bo‘limlari tibbiy xizmat sifati va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda O‘zLiDeP faol a’zosi, Surxandaryo viloyati «Imzo Akfa» filiali rahbari Kravchenya Gennadiy tomonidan markaz uchun 20 million so‘mlik deraza to‘r pardalari xomiylik tarzida o‘rnatildi.

— May oyi boshidan korxonamizda ham O‘zLiDePning boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat yuritib kelmoqda, — deydi Gennadiy Kravchenya. — Biz, partiya safidagi ilk qadamimizni xayrli ishdan boshlashni istadik. Shu bois, markazga qiymati 20 million so‘mlik bo‘lgan deraza to‘r pardalarini homiylik yordami sifatida o‘rnatdik. Ammo bundan keyin ham birgina shu tashabbusning o‘zi bilan cheklanib qolmaymiz. Partiyaning faol a’zosi sifatida olg‘a qadam tashlab, odamlarning koriga yarashga harakat qilamiz. 

Tadbir davomida ishtirokchilarga bu yilgi bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1007
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+