Navoiylik ishbilarmon ayol Latofat Xusanova milliy qo‘g‘irchoqlarimizni MDH davlatlariga eksport qilyapti
20.05.2019, 17:03

O'zLiDeP “Ayollar qanoti” tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovning Navoiy shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
– Dastlab akam bilan qo‘lda o‘ynatadigan qo‘g‘irchoq yasab, bozorga sotganmiz, - deydi tanlovning ikkinchi o‘rin g‘olibasi Latofat Xusanova. – Xaridorlarimiz bu ishni davom ettirishimizga undadi. Asta-sekin bog‘chalarga ham olib bordim. 2013 yilda yakka tartibdagi tadbirkor bo‘ldim. O‘z faoliyatimni kengaytirish maqsadida 2017 yili bankdan 15 mln. so‘m kredit olib, uning evaziga kerakli asbob-uskunalar keltirdim. Buning natijasida 5 nafar fuqaro ishli bo‘ldi. Viloyatimizdagi barcha bog‘chalarni o‘zimiz yaratgan qo‘g‘irchoqlar bilan ta’minlab keldik. Hozirda bizning qo‘g‘irchoqlarimizga xorijliklarning ham qiziqishi ortgani sababli MDX davlatlariga eksport qila boshladik. Dunyo miqyosidagi ko‘rgazmalarda o‘z milliy qo‘g‘irchog‘larimiz bilan ishtirok etib kelmoqdaman.
Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra, bir necha tarmoqlardan tashkil topgan tajribali tadbirkor Diloro Botirova 1-o‘rinni, Milliy qo‘g‘irchoqlar yo‘nalishida ish olib borayotgan Latofat Husanova 2- o‘rinni va milliy ko‘rpa-to‘shaklar tikib, xalqimiz farovonligiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan Mavjuda Ochilova 3- o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakunida g‘oliblarga O'zLiDeP Navoiy shahar Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.
O'zLiDeP Navoiy viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
-
Nurobodlik ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda
04.05.2023, 16:17
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xotin-qizlar faollariga targ‘ib qilindi
19.04.2023, 14:59
-
Xotin-qizlar barcha sohada o‘zini namoyon etishga haqlidir
17.04.2023, 16:03
Fikringizni qoldiring