“Korrupsiya rivojlanishga to‘siq bo‘layotgan eng katta g‘ov”

21.05.2019, 16:01

“Korrupsiya rivojlanishga to‘siq bo‘layotgan eng katta g‘ov”

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Xovos tumanida “Korrupsiyaga qarshi – ma’naviyat bilan kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish hamda ushbu huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

–O‘z mansab yoki xizmat vazifasidan shaxsiy yoki o‘zgalar manfaatini ko‘zlab moddiy manfaat olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanish albatta, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Dilshod To‘raqulov. – Shu bois, keyingi paytda jamiyatda keskin qoralanayotgan mazkur illatga qarshi kurashishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Zero, korrupsiya rivojlanishga to‘siq bo‘layotgan eng katta g‘ovdir.

Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amaliy ishlar olib borilayotgani, bu borada ijtimoiy hamkorlik, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish juda muhim ekanligi ta’kidlandi.                                 

Dilorom ESONOVA,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1694
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+