O‘zLiDeP yoshlar uchun “BAX TEXT OBOD” MChJda master-klass tashkil etdi

23.05.2019, 15:14

O‘zLiDeP yoshlar uchun “BAX TEXT OBOD” MChJda master-klass tashkil etdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Beruniy tumanidagi “BAX TEXT OBOD” MChJda yoshlar uchun master klass tashkil etdi.  

Dastlab MChJ rahbari B.Xakimov ishtirokchilarni korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

B.Xakimovning aytishicha, mazkur korxona Prezidentimizning 2016 yil 21 dekabrdagi “2017 — 2019 yillarda To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda aholiga yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tashkil etilgan.  

“Avvaliga bank kredit hisobiga Xitoydan 12 dona trikotaj matosini to‘qish dastgoxi, 190 dona tikuv mashinalari, bichish, dazmollash, gul uyish dastgohlarini sotib oldik. Keyinchalik Turkiya davlatidan trafaret pechat mashinasini qo‘shimcha dastgohlari bilan sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzdik. Agar tikuv dastgohlarini keltirib o‘rnatsak, birinchi bosqichda yiliga 1 100 tonna xom trikotaj mato va 1 200 000 dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lamiz”, – deydi tadbirkor. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi kunda xomashyo va aylanma mablag‘ uchun 4,5 mlrd so‘m miqdorida kredit olish uchun “Milliy bank” To‘rtko‘l filialiga kerakli hujjatlar taqdim qilingan. Bu esa 5 mln. AQSh dollaridan ortiq tayyor mahsulot ishlab chiqarish va 360 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. 

Uchrashuv davomida yoshlarga tadbirkorlikni boshlash va mahsulotning xaridorgir bo‘lishida ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar, tavsiyalar berildi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    889
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+