O‘zLiDeP deputati o‘quvchilarga 50 dan ortiq kitoblar tuhfa qildi

24.05.2019, 14:32

O‘zLiDeP deputati o‘quvchilarga 50 dan ortiq kitoblar tuhfa qildi

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi  Abduhakim  Mamanazarov o‘zi tahsil olgan Denov shahridagi 79-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga bordi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar bilan dildan suhbatlashib, ularga o‘zi ta’lim olgan davr bilan hozirgi kun, shart-sharoitlar o‘rtasidagi farq, yosh avlodga berilayotgan e’tibor xususida so‘zlab berdi.

Yig‘ilganlar, ayniqsa, uning hozirgi paytda
M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida faoliyat yuritayotgani haqida eshitishgach, suhbat yanada jonlanib ketdi. Bitiruvchilar mazkur o‘quv dargohiga qabul tartibi va talaba-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ustma-ust savollar berishdi. Tegishli javoblarni olishgach, ularda ushbu ta’lim maskanida o‘qish ishtiyoqi tug‘ilgani yuz-ko‘zlarida shunday aks etdiki, buni ko‘rib mehmonning o‘zi ham quvonib ketdi.

– Bunday uchrashuvlarning o‘quvchilarimiz uchun tarbiyaviy ahamiyati juda katta, – deydi maktab direktori Gulnora Abdurahimova. – Tug‘ilib o‘sgan yurtga sadoqat, mehr-oqibat, saxiylikka undaydi. Katta odam bo‘lsam, men ham shunday insonlar safida bo‘laman, degan ezgu maqsad muhrlanadi yoshlar qalbida.

Uchrashuv so‘ngida xalq vakili maktab kutubxonasiga 50 dan ortiq  kitoblar tuhfa qildi.  

O‘zLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1083
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+