Yoshlar va internet madaniyati
24.05.2019, 14:41
O‘zLiDeP Qo‘qon shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” “Xavfsiz internet” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazdi.
Tadbirda asosiy e’tibor – yoshlarda axborot olish va uzatish madaniyatini shakllantirish, internetning salbiy jihatlari va uning oqibatlari, internetdan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishga o‘rgatish va bu borada partiyaning o‘rni va rolini kuchaytirish masalasiga qaratildi.
– Bugungi kun yoshlar tarbiyasi bilan bevosita bog‘liq ishlarni nafaqat oila va ta’lim muassasasi, balki siyosiy partiyalar oldiga ham kechiktirib bo‘lmas vazifa qilib qo‘ymoqda, – deydi Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi M.Yusupov. Shundan kelib chiqib, yoshlarda internet axborotlaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kupaytirishimiz kerak. Zero, globallashuv jarayoni chuqurlashayotgan bir sharoitda yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy axborotlar ta’siridan asrash har birimizning eng asosiy burchimiz hisoblanadi.
Tadbirda oila, mahalla, ta’lim maskani o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini yanada oshirish lozimligi ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida loyiha doirasidagi bu kabi tadbirlarni joylarda muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olindi.
O`zLiDeP Farg‘ona viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring