Nega quyi bo‘g‘in yetakchilari ishonchni oqlamayapti?

24.05.2019, 15:17

Nega quyi bo‘g‘in yetakchilari ishonchni oqlamayapti?

Bugun  Surxondaryo O'zLiDePning 50024 nafar a’zosi bor. Ular 684 ta boshlang‘ich partiya tashkilotga birlashgan. Xo‘sh, bugun ushbu tayanch nuqtalar faoliyati o‘zini oqlayaptimi?

An’anaga ko‘ra, bu yil o‘tkazilgan BPTlarning hisobot-saylov yig‘ilishlarida bu savolga javob izlandi.

– Hozirga qadar 558 ta BPTning hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi, – deydi O'zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi BPT bilan ishlash guruhi rahbari O.Chutbayev. –Yig‘ilishlarda quyi tuzilmalarning o‘tgan yilgi faoliyati sarhisob qilindi. Natijada 684 ta BPT orasidan 512 tasining faoliyatiga ijobiy baho berildi. Chunki bu tayanch nuqta yetakchilari o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashgan. Shu bois, ularga yana ishonch bildirilib, BPT raisi etib qayta saylandi. Ammo ayrim quyi bo‘g‘inlarning faoliyatini qoniqarli deb, bo‘lmaydi.

O.Chutbayevning qo‘shimcha qilishicha, hisobot-saylov yig‘ilishlarida faoliyati to‘xtab qolgan, a’zolari safi kamayib ketgan BPTning faoliyatini yana qayta tiklash masalasi ham ko‘rilgan. Buning natijasida 135 ta BPTdan 101 tasining faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilayotir.  

Ta’kidlash kerak, hisobot-saylov yig‘ilishlarida tayanch nuqtalar uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, faoliyatini jonlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

O'zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    943
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+