“Chorvador”liklar toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

31.05.2019, 16:15

“Chorvador”liklar toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

O`zLiDeP Nurobod tuman Kengashi tumandagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Chorvador” mahallasi aholisi uchun  sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan qishloqda eskirgan simyog‘ochlarni yangilash, telefon aloqa tarmog‘ining yomonligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, gaz ta’minoti, ichimlik suvi va boshqa masalalarga oid qator murojaatlar kelib tushdi.

Jumladan, “Chorvador” mahallasida yashovchi Yo‘ldosh Raxmonov qishloqqa olib keluvchi avtomobil yo‘lining ta’mirtalab ahvolda ekanidan shikoyat qildi. Uning murojaatiga xalq vakili, tuman hokimi Faxriddin Zairov joriy yil tumandagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish davlat dasturi tasdiqlanganini aytib, yo‘lga qo‘m-shag‘al yotqizishda ko‘mak berishini ma’lum qildi.

Fuqaro Abruy Boynazarov esa “Mehr” qishlog‘ida telefon aloqa xizmati yaxshi emasligidan nolidi. Shuningdek, hududga olis bo‘lgan Ulus QVP o‘rniga hududga yaqinroq bo‘lgan Olg‘a QVPsini  biriktirib berishda ko‘mak so‘radi.

Tuman hokimi F.Zairov birinchi murojaat bo‘yicha hokim o‘rinbosarini ma’sul qilib biriktirdi va masalani ijobiy hal etishga topshiriq berdi. Ikkinchi masala bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i J.Jiyanov muammoni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etishga yordam berishini aytdi.

Shu qishloqda istiqomat qiluvchi Nilufar Chorshanbayeva esa 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasiga badiiy adabiyotlar yetishmasligi bildirdi. Bu masalani tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri R.Turayev hamda xalq vakili A.Ziyatov o‘z zimmalariga olib, maktab kutubxonasiga 80 turdagi kitoblar jamlanmasini yetkazib berishini ma’lum qildi.

Qishloq oqsoqollari B.Roziqov, J.Atamurodov, Sh.Qarshiyevlar “Hazarmali” va “Toshquduq” qishloqlari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda ko‘mak so‘rashdi.

Bu masala yuzasidan tuman hokimi F.Zairov javob berar ekan, joriy yil oxiriga qadar har ikkala qishloqni davlat dasturi doirasida ichimlik suvi bilan taminlab berishini bildirdi.

Xullas, shu kuni murojaatlarning aksariyat qismi joyida hal etildi, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish uchun yozib olindi.    

Sayfiddin RASULOV,

Xalq deputatlari Nurobod tuman

Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik

guruhi ijrochi kotibi

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    1118
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2019-06-10 22:47:20

Сайёр қабулда кўтарилган муаммолар бўйича мутассади раҳбарлар берилган топшириқни ўз вақтида бажарилса, халқ орасида ишонч пайдо бўлади. Акс ҳолда, норозиликлар, юқори ташкилотларга чиқишлар сони ортади.


Fikringizni qoldiring

+