O‘zLiDeP faoli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochdi

12.06.2019, 17:37

O‘zLiDeP faoli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochdi

O‘zLiDeP Kogon shahar Kengashi faoli, tadbirkor Mohigul Jo‘rayeva “Kamalak” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etdi. Loyiha qiymati 2 milliard 700 million bo‘lgan muassasa 100 nafar kichkintoy uchun mo‘ljallangan.

M.Jo‘rayevaning aytishicha, bog‘cha zamonaviy, bolalar ruhiyatiga mos tarzda bezatilgan, so‘nggi rusumdagi ta’lim texnologiyalari va tarbiyaviy vositalari bilan jihozlangan. Bog‘chada an’anaviy mashg‘ulotlardan tashqari ingliz, rus hamda koreys tillari o‘qitilmoqda.

“Shuningdek, bolajonlarning jismoniy, aqliy va nutqiy salomatligini ta’minlash maqsadida logoped, massaj kurslari ham tashkil etganmiz. Qolaversa, muassasamizda sportning badiiy gimnastika turi, san’at yo‘nalishida musiqa va raqs to‘garaklari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan”, – deydi u.  

Ma’lumot uchun, tadbirkor partiya g‘oyalariga sodiq qolgan maktabgacha ta’lim tizimida eksperiment tarzida “Jajji tadbirkor” loyihasini ham yo‘lga qo‘ygan. Unda bolajonlarning tadbirkorlik alifbosini bog‘cha yoshidanoq o‘zlashtirishi nazarda tutilgan.

 Zarif KOMILOV,

 O‘zLiDeP Buxoro viloyat

                                                                Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1550
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+