Partiya faollari uchun navbatdagi o‘quv-seminar Namanganda tashkil etildi
14.06.2019, 15:02

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi huzuridagi Siyosiy ta’lim markazi tomonidan Namangan viloyat, tuman va shahar Kengashlari mas’ul xodimlari, deputatlik guruhlari a’zolari va partiya faollari uchun o‘quv-seminar tashkil qilindi.
Mazkur o‘quv-seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga oid davlat Dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha partiya tomonidan amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar dasturining Namangan viloyat Kengashidagi ijrosi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlari to‘g‘risidagi Qarorlari va yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusini amaliyotga joriy etishda partiya faollari oldida turgan asosiy vazifalar muhokama qilindi.
- Bugungi o‘quv-seminar qizg‘in, baxs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi, bunda biz guruhlarga ajralgan xolda Prezidentimizning “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturlarini o‘z tumanimizda ijrosini BPTlar misolida tahlil qilib chiqdik, - deydi O‘zLiDeP To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashi apparat rahbari Nigora Nazarova. –Birgina tumanimizdagi “Dilrabo SD” qo‘shma korhonasi qoshida tashkil etilgan qo‘yi bo‘g‘in hamkorligida o‘nlab yoshlarga “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi bo‘yicha imtiyozli kreditlar olishga ko‘maklashildi. Qolaversa, ana shu yoshlarga qo‘shma korxona ko‘magi bilan ustoz-shogird an’anasi asosida tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllantirib kelinmoqda.
O‘quv-seminar davomida ishtrokchilar partiya tizimiga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallagan, yangicha fikrlaydigan yetarli hayotiy tajribaga ega bo‘lgan kadrlarni jalb qilish va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish mexanizmlari, O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi va saylov tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari hamda uning normalarini amaliyotga joriy etish mexanizmlari, saylov jarayonlarida partiya faollarining omma bilan ishlash texnologiyalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash va foydalanish yo‘llari kabi mavzularda ham ma’ruzalar tingladilar.
Seminar yakunida “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi ijrosi bo‘yicha partiya oldida turgan galdagi vazifalar belgilab olindi.
Yulduz Yuldasheva
O‘zLiDeP Namangan
viloyat Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya o‘qitilmoqda, o‘rganilmoqda
05.09.2023, 16:36
-
Referendumda O`zLiDePdan ishtirok etadigan kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda
18.04.2023, 17:28
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
Murojaatnoma targ‘iboti kengaymoqda
20.01.2023, 09:45
Fikringizni qoldiring