Bizning maqsadimiz — Toshkentni dunyodagi yashash uchun eng qulay shaharga aylantirish!

Bizning maqsadimiz — Toshkentni dunyodagi yashash uchun eng qulay shaharga aylantirish!

Kuni kecha 22 -“Donishmand” saylov okrugidan Toshkent shahar Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputatligiga O’zLiDePdan nomzod Nuriddin Sandibayev o‘z saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuvda uy-joy, ipoteka kreditni rasmiylashtirishda yuzaga kelayotgan ayrim masalalar ko‘tarildi.

— O’zLiDeP poytaxtimizda yashovchi barcha aholi uchun teng imkoniyatlar yaratish tarafdori, - deydi Nuriddin Sandibayev. —Biz uchun ustuvor masala – ko‘pxonadonli turarjoy fondining texnik holatini va undan foydalanishni tubdan yaxshilash, ta’mirlash va tiklash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, bolalar va sport maydonchalari barpo etish, ko‘pxonadonli uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirishni yaxshilashdir. Bu masalalar partiya saylovoldi dasturiga kiritilgan bo‘lib, uning ijrosi bo‘yicha allaqachon amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Mazkur tashabbuslar bilan saylovchilarimizni birma-bir tanishtirib, partiyamiz nomzodlarini yoqlab ovoz berishlariga chaqirdik. 

Darhaqiqat, O‘zLiDeP “ekologik” va “aqlli” uylarning zamonaviy texnologiyalarini va qurilishini rivojlantirish tarafdori. Poytaxtimizni yanada go‘zal va har tomonlama qulay shahar bo‘lishi istaysizmi? O‘zLiDeP nomzodlariga ovoz bering!

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    1208
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+