Toshkentni “ilmga asoslangan iqtisodiyot”ga tayanuvchi shaharga aylantiramiz

16.12.2017, 17:48

Toshkentni “ilmga asoslangan iqtisodiyot”ga tayanuvchi shaharga aylantiramiz

10-“Yangi Mirobod” saylov okrugidan Toshkent shahar xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatligiga O‘zLiDePdan nomzod Zamir Ruziyev o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.

—Olib borgan o‘rganishlarimizdan ma’lum bo‘lidiki, 10-“Yangi Mirobod” saylov okrugida tadbirkorlikka qiziqishi baland va bugungi kunda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan fuqarolarimiz ko‘pchilikni tashkil etar ekan, - deydi Zamir Ruziyev. —Bizga ko‘proq tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, soliq, bank tizimi, ularda uchrayotgan kamchiliklar to‘g‘risida savollar berildi. Aholiga asosiy maqsadimiz  – tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan soliq va moliya-bank siyosatini yanada takomillashtirish, tadbirkorlar zimmasidagi soliq yuklamalarini pasaytirishga oid kursni davom ettirish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish, vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan insofli soliq to‘lovchilarga “soliq ta’tili” taqdim etilishiga ko‘maklashishdan iborat ekanligini hayotiy misollar bilan tushuntirdik.

Hurmatli poytaxtlik saylovchilar! 2017 yil 24 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda faol ishtirok etib, islohotlar yo‘lidagi barcha to‘siqlarni og‘ishmasdan bartaraf etib, bugungi davr qo‘yayotgan vazifalarni mas’uliyat bilan hal qilib borayotgan O‘zLiDePning nomzodlariga ovoz bering!

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    1348
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+