Kelajak bugundan boshlanadi
18.12.2017, 16:24

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan Prezidentimizning “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevori” nomli ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Unga partiya hududiy tashkiloti xodimlari, deputatlar hamda yoshlar taklif etildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz ma’ruzasida yettinchi ustuvor yo‘nalish sifatida tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk dahlsizligini amalda ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda viloyatda 16 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritayotgani, ularning yalpi hududiy mahsulotdagi va yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ulushi ortib borayotgani e’tirof etildi.
Shuningdek, notiqlar tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini tizimli va izchil himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida “Biznes Ombudsman” instituti tashkil etilgani, uning maqsad va vazifalari haqida tushuncha berishdi.
O‘quv-seminari savol-javoblar, bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Uning yakunida Prezidentimizning ushbu ma’ruzasi mazmun-mohiyatini joylarda partiya elektorati vakillari, saylovchilar bilan bo‘layotgan uchrashuvlarda ta’sirchan usullarda targ‘ib etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Rustamjon HAKIMOV,
O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
Murojaatnoma targ‘iboti kengaymoqda
20.01.2023, 09:45
-
Ta’lim sifatini oshirish masalasiga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi
11.01.2023, 16:31
-
Murojaatnoma mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminar o‘tkazilmoqda
30.12.2022, 16:27
Fikringizni qoldiring