Video: Partiya hududiy tashkilotlaridagi xodimlar ishtirokida trenerlar o‘qishi bo‘lib o‘tmoqda

14.08.2019, 10:23

Video: Partiya hududiy tashkilotlaridagi xodimlar ishtirokida trenerlar o‘qishi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan “Saylovlar: g‘alaba strategiyasi va taktikasi” mavzusida partiya hududiy tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida trenerlar o‘qishi boshlandi.  

O‘quv yaqinlashib kelayotgan saylovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi,  Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda samarali ishtirokini ta’minlash, O‘zLiDePning saylovoldi dasturlari va asosiy g‘oyalari, saylovlarda ishtirokini samarali tashkil etish usullari, zamonaviy siyosiy PR-texnologiyalarga oid bilimlarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etildi.

O‘quvga Davlat boshqaruv akademiyasi professor o‘qituvchilari, malakali soha vakillari, siyosatshunos olimlar va taniqli mentorlar taklif etilgan.

Mazkur mashg‘ulotlar ushbu yo‘nalishdagi o‘quvlarning birinchi bosqichi hisoblanadi. 8 kun davomida noan’anaviy pedagogik texnologiyalar asosida “Partiya va nomzodlar imijini shakllantirish”, “Samarali saylovoldi dasturini ishlab chiqish”, “Saylovoldi targ‘ibot-tashviqot va OAV bilan samarali muloqotga kirishish”, “Siyosiy debat va bahs-munozaralarda o‘zini tutish qoidalari” “Saylovchilarning diqqatini jalb etish usul va vositalari” kabi qator mavzularda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.

O‘quvning ikkinchi bosqichida esa mazkur mashg‘ulotlarda malakasini oshirgan trenerlar o‘z hududlarida partiyaning viloyat, tuman va shahar kengashlari mas’ul xodimlarini hamda saylovda bevosita ishtirok etuvchi nomzodlarning ishonchli vakillari, kuzatuvchilar va vakolatli vakillarini o‘qitishida bevosita ishtirok etadilar.

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1018
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+