Xorazmda “Jonajon O‘zbekistonim – mangu bo‘l omon!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi

28.08.2019, 17:50

Xorazmda “Jonajon O‘zbekistonim – mangu bo‘l omon!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “UzAuto Motors” AJ viloyat filialidagi BPTda mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab “Jonajon O‘zbekistonim – mangu bo‘l omon!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazdi.

Tegishli soha vakillari, mahalliy kengash deputatlari, partiya faollari ishtirok etgan tadbirda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

“Ochig‘ini aytish kerak, so‘nggi uch yilda yurtimizda tadbirkorlarga bo‘lgan e’tibor butunlay o‘zgardi. Ularni erkin samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi, – deydi “UzAuto Motors” AJ viloyat filialidagi BPT raisi Ilxom Durdiyev. – Shu sababli biz ham ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish ko‘lamini oshirib boryapmiz. 

Tadbir davomida partiya faollari o‘rtasida sportning futbol, shaxmat, shashka, arqon tortish, yugurish va stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlar partiyaning qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 30 nafar ishchi-xodim partiya safiga qabul qilindi.

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1346
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+