O‘zLiDePning vazifalaridan biri – yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish

O‘zLiDePning vazifalaridan biri – yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish

Toshkent mamlakatimiz poytaxti bo‘lganligi bois ham u har tomonlama qulay, chiroyli, barcha sharoitlarga ega shaharga aylanishi lozim, - deydi 29-“Mirzo-Ulug‘bek” saylov okrugidan Toshkent shahar xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputatligiga O‘zLiDePdan nomzod Dilnoza Yusupova.

Saylovchilar bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarda aholiga partiyaning bu boradagi takliflari atroflicha tushuntirilmoqda.

—Uchrashuvlardan birida yoshlar internet tezligi borasida muammolar borligi, uni hal etishda qanday takliflar beraolishimiz borasida savol bilan murojaat qildi, - deydi Dilnoza Yusupova. — To‘g‘ri, endilikda internet shahar ahli hayotida muhim o‘rin tutadi. Galdagi vazifalarimizdan bir yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va dasturiy ta’minot sohasini rivojlantirish, “elektron hukumat”ni rivoj­lantirish, davlat organlarining aholi va biznes ahli bilan hamjihatligini, internet orqali kommunal to‘lovlar uchun hisob-kitob qilishni yaxshilashdan iboratdir. Partiya ayni paytda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi innovatsiya markazi faoliyatini samarali tashkil etish va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmlarini jadal oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Bundan tashqari, O‘zLiDeP iqtidorli yoshlarni sohaga aloqador “start-ap” loyihalarini ro‘yobga chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga ham katta urg‘u beryapti. O‘ylaymanki, yaqin vaqt davomida shu va shunga o‘xshash boshqa  muammolar ham o‘z yechimini topadi va biz bunda bor kuchimiz, bilm-salohiyatimiz bilan harakat qilamiz.

Aziz saylovchilar! Toshkent shahrini yanada obod qilishni maqsad qilgan O‘zLiDeP nomzodlariga ovoz bering!

Nodirjon OSIMJONOV,

“O‘zLiDeP yosh targ‘ibotchilar guruhi” a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    1452
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+