O‘zLiDeP aholiga Prezident farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirdi

10.09.2019, 10:44

O‘zLiDeP aholiga Prezident farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirdi

 O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi  Prezidentimizning 2019 yil 20 avgustdagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda so‘z olgan Andijon viloyat IIB mas’ul xodimlari O.Abdug‘aniyev va N.Abdurasulovlar yig‘ilganlarga Farmon asosida xorijda qonuniy ishlashning afzalliklari, shuningdek, chet el davlatlariga noqonuniy yoki aldanib borib qolayotgan fuqarolarimizga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar haqida kengroq ma’lumotlar berdi.

Qayd etilganidek, mazkur hujjatda fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish, ularning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilab qo‘yilgan.

 “O‘zLiDeP ilgari surgan takliflar ushbu Farmonda o‘z aksini topgan. Partiya taklifiga ko‘ra, mehnat migrantlariga bir yil muddatga so‘raladigan hujjatlar minimal paketi (pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi), garov ta’minotisiz, uni tezlashtirib bir bank ish kuni davomida berishni rasmiylashtirish ma’qullandi. Shuningdek, xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni to‘lash uchun 2 mln so‘m miqdorida mikroqarzlar berish tizimi joriy etilmoqda”, –deydi partiya faoli, “Agrobank” viloyat filiali mas’ul xodimi U.Raxmonov.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob qaytarildi. 

 Maftuna JALOLDINOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    996
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+