Sirdaryolik partiya faollarining siyosiy bilimlari oshirildi

17.09.2019, 18:46

Sirdaryolik partiya faollarining siyosiy bilimlari oshirildi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi siyosiy ta’lim markazi partiya tuman va shahar Kengashlari apparat rahbarlari, ijrochi kotiblari uchun o‘quv-seminar tashkil etdi.

O‘quvlar davomida Guliston davlat universiteti katta o‘qituvchisi Sh.Mahmudov, partiya viloyat Kengashi xodimlari E.Jo‘rayev va D.To‘raqulovlar tomonidan “Saylovoldi targ‘ibot-tashviqot va ommaviy axborot vositalari bilan samarali muloqotga kirishish”, “Samarali saylovoldi dasturini ishlab chiqish” va boshqa bir qator mavzularda ma’ruzalar qilindi.

 “Davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish maqsadida 2017-2021 yilllarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi, – deydi Sh.Mahmudov. – Xo‘sh, strategiya nima? U xalqning maqsadlarini qanday ta’minlaydi? 

Uning ta’kidlashicha, Strategiya — bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo‘lib, u izchillik bilan va to‘liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi.

Seminar mavzular yuzasidan savol-javoblar, amaliy mashg‘ulotlar o‘quvning natijadorligini oshirish barobarida, bilimlarini oshirishga xizmat qilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

“Bugungi olgan bilimlarimiz bo‘lajak saylovlarda asqotadi, – deydi partiya Sirdaryo tumani apparat rahbari M.Ismatullayev. – Birlashgan, xalqimizdagi boqimandalik, tushkunlik kayfiyatini butunlay yo‘qota olgan partiyagina saylovlarda g‘alaba qozonadi. Maqsadga erishish uchun odatlarimizni o‘zgartirishimiz, fikrlarimizni qayta qurishimiz lozim”.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari atroflicha javoblar qaytardi.

 Dilorom ESONOVA,

O‘zLiDeP Sirdaryo

viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1075
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+