O‘zLiDeP “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ qoshidagi BPTda davra suhbati o‘tkazdi
21.09.2019, 11:53
O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi Qorovulbozor tumanidagi “O‘zneftgazquduqta’mirlash”AJda davra suhbati o‘tkazdi.
Tadbirda partiya dasturi, maqsad va vazifalari, shuningdek, so‘nggi 3 yilda Harakatlar strategiya doirasida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
“Joriy yil mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – parlamentga saylovlar yili bo‘ladi. Bu yilgi saylovlar yangi kodeks asosida yuqori darajada tashkil etiladi va o‘tkaziladi. E’tirof etish kerakki, saylov kodeksi milliy amaliyot, xalqaro va xorijiy tajriba asosida tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Yagona shaklga keltirilgan tarqoq qonun hujjatlari yangicha ma’no-mazmun bilan boyitildi”, – deydi O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi apparat rahbari J.Boltayev
Tadbirda ta’kidlanishicha, bugun “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJda 1800 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qiladi. Tashkilot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi neft-gaz hududlarida texnik xizmat faoliyatini olib boradi.
Tadbirda “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ direktori A.Nurmatov va jamiyatning bosh muhandisi I.Usmonovlar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
O‘zLiDeP Buxoro viloyat
Kengashi matbuot xizmati
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Bildirilgan fikrlar
Ғ.Пўлотов-Ғиждувон туман Кенгаши аппарати раҳбари2019-09-21 13:06:01
Бугунги кунда ўтказилаётган сайловолди тарғибот тадбирлари партиянинг нуфузини янада ошишига хизмат қилади.