Kosonsoydagi 22-sonli maktabda sport zali yo‘q. Mutasaddilar bundan bexabarmi?

21.09.2019, 12:04

Kosonsoydagi 22-sonli maktabda sport zali yo‘q. Mutasaddilar bundan bexabarmi?

Kosonsoy tumani “Rovot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 639 nafar o‘quvchi ta’lim oladi. Ammo muassasada yoshlarni sport bilan shug‘ullanishlari uchun yetarli sharoit yo‘q. Aniqroq aytganda, maktabda sport zali mavjud emas.

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan “Rovot” MFYda o‘tkazilgan sayyor qabulda ayni shu masala o‘rtaga tashlandi.  

Mahalliy aholi vakillarining aytishicha, maktabda nafaqat jismoniy tarbiya fani mashg‘ulotlari o‘tkazish, balki mini-futbol, basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, yengil atletika to‘garaklariga jalb qilish uchun ham imkoniyat yo‘q. Shu bois maktabga sport zali, hududga sport kompleksi qurish  kerak.

“Biz ham issiq va yopiq sport zalida jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni xohlaymiz. Ammo bunga sharoit yo‘q. Bugun bir men emas, balki barcha o‘quvchilarimiz maktabda zamonaviy sport zali ertaroq qurilishini sabrsizlik bilan kutyapti”, – deydi mazkur maktab o‘quvchilaridan biri.

Shu mahallada yashovchi T.Xusanov hududda kichik ishlab chiqarish sexi tashkil etib, ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlamoqchi. Lekin faoliyatini boshlashi zarur bilim va ko‘nikmaga ega emas. Bu masalada partiya vakillari unga tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga  ko‘maklashadigan bo‘lishdi.

“Rovot” MFY raisi D.Pirmatov esa mahallaning “Mustaqillik” ko‘chasiga atiga 6 ta elektr stolbalar o‘rnatilgani, elektr simlari tartibsiz holatda o‘tkazilganidan shikoyat qildi. Shu bilan birga mahallaning asosiy va ichki yo‘llari ta’mirtalab ahvolda ekanligini bildirdi.

“Jiyda” ko‘chasida yashovchi A.Yusufjonov aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanish holati yaxshi emasligini kuyunib gapirdi. Yuzma-yuz muloqotdan so‘ng fuqarolarni gaz ballon bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.

Xullas, qabulda shu kabi ko‘plab murojaatlar ko‘rib chiqilib, aksariyati joyida hal qilindi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    962
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+